Oʻzbekistonda mahalliy maishiy texnikalar uchun 18 foizli isteʼmol kreditlari ajratiladi
Mutasaddilarga ikki haftada tegishli hisob-kitoblarni tayyorlab, tijorat banklariga ushbu maqsadlar uchun arzon resurs joylashtirish boʻyicha aniq taklif kiritish topshirildi.

Mahalliy maishiy texnika savdosini ragʻbatlantirish va aholiga qulaylik yaratish maqsadida yangi moliyaviy mexanizm yoʻlga qoʻyiladi.
Banklar tomonidan mamlakatimizda ishlab chiqarilgan muzlatkich, kir yuvish mashinasi, konditsioner va boshqa maishiy texnikalar xaridi uchun yillik 18 foiz stavkada isteʼmol kreditlari ajratish rejalashtirilmoqda.
Bu, bir tomondan, oilalarning zamonaviy maishiy texnika xarid qilish imkoniyatlarini kengaytirsa, ikkinchi tomondan, mahalliy korxonalar mahsulotlarining sotuvini oshiradi.
Mutasaddilarga ikki haftada tegishli hisob-kitoblarni tayyorlab, tijorat banklariga ushbu maqsadlar uchun arzon resurs joylashtirish boʻyicha aniq taklif kiritish topshirildi.
Prezidentimiz xorijiy investorlar va mahalliy tadbirkorlar bilan muloqotda ularning taklif va tashabbuslarini tingladi.





