platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Siyosat

Istanbulda Oʻzbekiston – Turkiya turizm forumi: turoperatorlar hamkorligi va Oʻzbekistonning turizm salohiyati taqdimoti tashkil etildi

Tadbir doirasida Oʻzbekiston va Turkiya turoperatorlari oʻrtasida B2B uchrashuvlari tashkil etilib, qoʻshma turpaketlar ishlab chiqish, yangi sayyohlik dasturlarini yoʻlga qoʻyish hamda oʻzaro biznes aloqalarini mustahkamlash yuzasidan muzokaralar oʻtkazildi.

Istanbulda Oʻzbekiston – Turkiya turizm forumi: turoperatorlar hamkorligi va Oʻzbekistonning turizm salohiyati taqdimoti tashkil etildi

Istanbul shahrida Oʻzbekiston – Turkiya turizm forumi boʻlib oʻtdi. Unda ikki mamlakat turizm sohasi vakillari, yetakchi turoperatorlar, sayyohlik kompaniyalari, mahalliy va xalqaro aviakompaniyalari hamda Turkiyaning yetakchi ommaviy axborot vositalari va internet nashrlari vakillari ishtirok etdi. Turizm va madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan forum davomida Oʻzbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi, ziyorat turizmi salohiyati, zamonaviy turistik infratuzilmasi va yangi sayyohlik yoʻnalishlari taqdim etildi. Turkiyadan mamlakatimizga sayyohlar oqimini oshirish, yangi turistik mahsulotlarni shakllantirish va ikki davlat oʻrtasidagi sayyohlik almashinuvini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Istanbulda Oʻzbekiston – Turkiya turizm forumi: turoperatorlar hamkorligi va Oʻzbekistonning turizm salohiyati taqdimoti tashkil etildi

Tadbir doirasida Oʻzbekiston va Turkiya turoperatorlari oʻrtasida B2B uchrashuvlari tashkil etilib, qoʻshma turpaketlar ishlab chiqish, yangi sayyohlik dasturlarini yoʻlga qoʻyish hamda oʻzaro biznes aloqalarini mustahkamlash yuzasidan muzokaralar oʻtkazildi.

Shuningdek, Turkiyaning yetakchi OAV va internet nashrlari vakillariga mamlakatimizda turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi imkoniyatlar va sayyohlik manzillari haqida maʼlumot berildi. Oʻzbekistonning turizm salohiyatini Turkiya axborot makonida keng yoritish boʻyicha hamkorlik istiqbollari koʻrib chiqildi.

Istanbulda Oʻzbekiston – Turkiya turizm forumi: turoperatorlar hamkorligi va Oʻzbekistonning turizm salohiyati taqdimoti tashkil etildi

Forum yakunida ikki mamlakat turizm kompaniyalari oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish, qoʻshma turistik mahsulotlarni shakllantirish va Oʻzbekistonga turkiyalik sayyohlar oqimini oshirishga qaratilgan amaliy kelishuvlarga erishildi. Shuningdek, mamlakatimizning turizm salohiyatini Turkiya ommaviy axborot vositalari orqali targʻib qilish boʻyicha hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari belgilab olindi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid