platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Hamshiralikka ishga qabul qilish uchun 5 ming dollar soʻragan shaxs ushlandi

Ayblanuvchi boshqa fuqaroni Qoʻngʻirot lokomotiv deposiga hamshira lavozimiga ishga joylashtirishni vaʼda qilgan. 

Hamshiralikka ishga qabul qilish uchun 5 ming dollar soʻragan shaxs ushlandi

Qoraqalpogʻistondahamshira lavozimiga ishga joylashtirishni vaʼda qilib, evaziga 5 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi eʼlon qilgan videolavhada xabar berildi.

Maʼlum qilinishicha, "Xavfsiz va sogʻlom yurt" keng qamrovli tezkor profilaktik tadbiri doirasida Transport va turizm obʼektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti masʼul xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Unda Qoʻngʻirot tumanida yashovchi fuqaro murojaat qilib, unga yuqori turuvchi tanishlari orqali Qoʻngʻirot lokomotiv deposidagi boʻsh hamshira lavozimiga ishga joylashtirib qoʻyish vaʼda qilinganini maʼlum qilgan. Bu xizmat evaziga undan 5 ming dollar talab qilingan va mablagʻning 2,5 ming dollarini oldindan berish soʻralgan.

Tezkor tadbir davomida Qoʻngʻirot mintaqaviy temir yoʻlida ishlovchi, 2002 yilda tugʻilgan fuqaro kelishilgan 5 ming dollardan 2,5 ming dollarini olayotgan vaqtida xolislar ishtirokida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid