platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Fargʻonada yuzdan oshiq bolaning zaharlanishi boʻyicha aybdorlar qamoqqa qaytarildi

21 sentabr kuni Furqat tuman sudi ularni ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga hukm qilib, sud zalidan ozod etgan edi.

Fargʻonada yuzdan oshiq bolaning zaharlanishi boʻyicha aybdorlar qamoqqa qaytarildi

Fargʻonada 105 nafar bola zaharlangan bogʻcha ishi boʻyicha aybdorlar qamoqqa qaytarildi.

Davlat bogʻchalarida bolalarning ommaviy zaharlanishiga sabab boʻlgan "Garden Catering Trade" MChJ mansabdorlariga nisbatan sud hukmi oʻzgartirildi.

Fargʻona viloyati sudi kassatsiya instansiyasi MChJ rahbarini 4 yilga, texnologini esa 3,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Har ikki shaxs sud zalida qamoqqa olindi.

Eslatib oʻtamiz, 21 sentabr kuni Furqat tuman sudi ularni ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga hukm qilib, sud zalidan ozod etgan edi.

Sud hukmida keltirilishicha, “Garden catering trade” MChJ mansabdorlari kunlik tuzilgan taomnomalarda bola sonini asossiz sunʼiy koʻpaytirib koʻrsatib, bu haqida soxta hisobotlar shakllantirgan holda toʻlovga taqdim etish orqali 330,8 mln soʻm byudjet mablagʻlarini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilgan. MChJ tomonidan 35 mln soʻmlik elektr energiyasi ham yashirin ravishda talon-toroj qilinib, Quvasoy shahar elektr taʼminoti korxonasi manfaatlariga 105,8 mln soʻm zarar yetkazilgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid