Davaktiv binosi 251 milliard soʻmdan ziyodga sotildi
Boshlangʻich narxi 165,5 milliard soʻm boʻlgan obʼektning yakuniy bahosi 52 foizga oshgan. Bino 2025 yil avgustda savdoga chiqarilgan edi. Tushumlar Yangi Toshkentda maʼmuriy infratuzilma barpo etishga yoʻnaltiriladi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi binosi 251 milliard soʻmdan ziyodga sotildi.
Bugun, 9 noyabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi maʼmuriy binosi "E-auksion" orqali sotildi.
Maʼlum qilinishicha, boshlangʻich narxi 165,5 milliard soʻm boʻlgan obʼektning yakuniy bahosi 52 foizga oshgan. Bino 2025 yil avgustda savdoga chiqarilgan edi.
Sotuv vazirlik va idoralarni Yangi Toshkentga koʻchirish dasturi doirasida amalga oshirilgan. Dasturda poytaxtdagi 83 ta koʻchmas mulk obʼektini sotish nazarda tutilgan.

Hozirgacha vazirlik va idoralarning 8 ta maʼmuriy binosi jami 1 trillion 120,4 milliard soʻmga sotilgan. Yana 11 ta obʼekt 1 trillion 20,5 milliard soʻmlik boshlangʻich narxda savdoga qoʻyilgan.
Tushumlar Yangi Toshkentda maʼmuriy infratuzilma barpo etishga yoʻnaltiriladi.





