Abduqodir Husanov roʻyxatda yoʻq: Oʻzbekiston terma jamoasining FIFA kunlari uchun tarkibi eʼlon qilindi
Milliy jamoaning noyabr oyidagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinida Abduqodir Husanov ishtirok etmaydi. Eldor Shomurodov ham dastlabki mashgʻulotlarni oʻtkazib yuboradi.

Oʻzbekiston terma jamoasining noyabr oyidagi FIFA kunlarida milliy jamoaga chaqirilgan futbolchilar roʻyxati eʼlon qilindi.
Darvozabonlar: Abduvohid Nematov ("Nasaf"), Vladimir Nazarov ("Paxtakor"), Edem Nemanov ("Dinamo Samarqand"), Samandar Muratbayev ("Nasaf").
Himoyachilar: Rustamjon Ashurmatov ("Istiqlol", Eron), Jahongir Oʻrozov ("Rubin", Rossiya), Behruzjon Karimov ("Lugano", Shveysariya), Sherzod Nasrullayev ("Paxtakor"), Muhammadrasul Abdumajidov ("Paxtakor"), Gʻiyosjon Rizaqulov ("Qizilqum"), Mahmudjon Mahamadjonov ("Dinamo Maxachqalʼa", Rossiya), Dilshod Murtozoyev ("Nasaf").
Yarim himoyachilar: Odiljon Hamrobekov ("Traktor", Eron), Azizbek Toʻlqunbekov ("Bunyodkor"), Akmal Mozgovoy ("Paxtakor"), Azizjon Gʻaniyev ("Baniyas", BAA), Sherzod Esanov ("Buxoro"), Umarali Rahmonaliyev ("Sabah", Ozarbayjon), Diyor Xolmatov ("Navbahor"), Behruz Oʻktamov ("Surxon"), Abrorbek Ismoilov ("Neftchi"), Dostonbek Hamdamov ("Paxtakor"), Ruslan Jiyanov ("Navbahor"), Jasur Jaloliddinov ("Navbahor"), Abbos Fayzullayev ("Istanbul Boshoqshehir", Turkiya), Nodir Abdurazzoqov (OKMK), Aziz Xolmurodov (OKMK).
Hujumchilar: Eldor Shomurodov ("Istanbul Boshoqshehir", Turkiya), Husayn Norchayev ("Navbahor"), Azizbek Amonov ("Dinamo Samarqand").
Oʻzbekiston milliy terma jamoasining noyabr oyidagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinida Abduqodir Husanov ishtirok etmaydi.
Milliy terma jamoa murabbiylar va tibbiy shtabi Husanovning holatidan kelib chiqib, uning tiklanish jarayonlarini davom ettirish maqsadida futbolchini yigʻinga jalb etmaslikka qaror qildi.
Qaydnomaga kiritilgan hujumchimiz Eldor Shomurodov esa oilaviy sabablarga koʻra yigʻinning dastlabki kunlarini oʻtkazib yuboradi.
Noyabr oyidagi yigʻin doirasida Oʻzbekiston milliy jamoasi Rossiya va Saudiya Arabistoni jamoalari bilan oʻrtoqlik uchrashuvlari oʻtkazadi.





