platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Toshkent elektr taʼminoti va ekologik barqarorligi uchun muhim qadam: 500 kVli "Halqa" podstansiyasiga kuchlanish berildi

Yangi podstansiyaning ishga tushirilishi natijasida Toshkent shahri va Toshkent viloyatining bir qismidagi elektr yuklamalari qayta taqsimlanadi. Natijada Toshkent issiqlik elektr stansiyasiga tushadigan yuklama kamayib, stansiyada mazut yoqilgʻisidan foydalanishga ehtiyoj qolmaydi.

Toshkent elektr taʼminoti va ekologik barqarorligi uchun muhim qadam: 500 kVli "Halqa" podstansiyasiga kuchlanish berildi

Bugun, 7 noyabr kuni yurtimiz energetika tizimidagi yirik infratuzilmaviy loyihalardan biri — yangi 500 kVli "Halqa" podstansiyasiga kuchlanish berildi.

Oʻzbekistondagi eng yirik va zamonaviy yuqori kuchlanishli obʼektlardan biri boʻlgan mazkur podstansiya 1602 MVA quvvatga ega. Uning ishga tushirilishi Toshkent shahri va Toshkent viloyatining bir qismida elektr energiyasi taʼminotini yanada mustahkamlash, shuningdek, mavjud elektr tarmoqlariga tushayotgan yuklamani maqbul taqsimlash imkonini beradi.

Eng muhimi, yangi podstansiyaning ishga tushirilishi natijasida Toshkent shahri va Toshkent viloyatining bir qismidagi elektr yuklamalari qayta taqsimlanadi. Natijada Toshkent issiqlik elektr stansiyasiga tushadigan yuklama kamayib, stansiyada mazut yoqilgʻisidan foydalanishga ehtiyoj qolmaydi.

Demak, "Halqa" podstansiyasining ahamiyati faqat elektr taʼminoti ishonchliligini oshirish bilan cheklanmaydi. U poytaxt va unga tutash hududlarda ekologik vaziyatni yaxshilash, atmosferaga chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalarni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda ham muhim oʻrin tutadi.

Toshkent elektr taʼminoti va ekologik barqarorligi uchun muhim qadam: 500 kVli "Halqa" podstansiyasiga kuchlanish berildi

Umumiy qiymati 171,4 mln AQSh dollarini tashkil etgan mazkur investitsiya loyihasi Jahon banki ishtirokida amalga oshirildi. Loyiha doirasida 1602 MVA quvvatli "Halqa" podstansiyasi bilan birga 220 kVli 213 kilometr va 500 kVli 72 kilometr, jami 285 kilometr yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari barpo etildi.

Ushbu infratuzilma mamlakat yagona energetika tizimining uzatish imkoniyatlarini kengaytirish, elektr energiyasi oqimlarini samarali taqsimlash va ortib borayotgan isteʼmol talabini ishonchli qondirish uchun mustahkam asos boʻlib xizmat qiladi.

Ayni paytda yangi obʼektlarni yagona energetika tizimiga toʻliq integratsiya qilish boʻyicha yakuniy ishlar davom etmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid