platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jahon

Netanyahuning raqibi yangi hukumatni tuzadi

Isroil prezidenti Ishoq Gersog yaqinda boʻlib oʻtgan saylovlardan soʻng yangi hukumat tuzishni muxolifat yetakchisi Gadi Ayzenkotga topshirdi.

Netanyahuning raqibi yangi hukumatni tuzadi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning raqibi yangi hukumatni tuzadi.

Isroil prezidenti Ishoq Gersog yaqinda boʻlib oʻtgan saylovlardan soʻng yangi hukumat tuzishni muxolifat yetakchisi Gadi Ayzenkotga topshirdi.

Ayzenkot Bosh vazir Benyamin Netanyahuning parlament saylovlaridagi asosiy raqibi sanaladi.

Gersog siyosatchini yakshanba kuni oʻz qarorgohiga taklif qilib, unga keyingi hukumatni tuzish vakolatini topshirdi. Yangi hukumat 28 kun ichida tuzilishi kerak boʻladi. Isroil prezidenti keyinroq uni qonun boʻyicha 11 kun uzaytirish vakolatiga ega.

Eslatib oʻtamiz, Knesset saylovlarida na amaldagi hukumat, na muxolifat yetarlicha ovoz toʻplay oldi. Bunga arab partiyalarining muvaffaqiyati sabab boʻldi.

Oʻz navbatida har ikkala yirik partiya ham arab partiyalari bilan koalitsiyaga birlashmasliklarini maʼlum qilgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid