Biofarmatsevtika instituti va "Generium" oʻrtasida memorandum imzolandi
Ushbu uchrashuv va imzolangan memorandum institut uchun tajriba almashish, qoʻshma tadqiqotlarni yoʻlga qoʻyish hamda ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Ilmiy izlanishlarni klinik tadqiqotlar bilan bogʻlash, buning uchun zarur laboratoriya va texnologik imkoniyatlarni rivojlantirish — Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti hamda "Generium" kompaniyasi vakillari oʻrtasidagi muzokaralarning asosiy mavzularidan boʻldi.
Muloqotda tadqiqot jarayonlarini izchil tashkil etish, klinikagacha boʻlgan bosqichdan klinik tadqiqotlarga oʻtish uchun zarur sharoitlar muhokama qilindi. Laboratoriyalarni jihozlash, sekvenatorlarga boʻlgan ehtiyoj hamda GLP va GMP talablari bilan bogʻliq masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, diagnostika yoʻnalishidagi imkoniyatlar koʻrib chiqildi. Xususan, Diaskintest va Mantu sinamasining narxi hamda institutning tegishli boʻlinmasi uchun ushbu yoʻnalishda ishlash istiqbollari haqida ilmiy maslahatlar berildi.
Uchrashuv yakunida Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti va "Generium" kompaniyasi oʻrtasida klinik tadqiqotlar, biotexnologiyalar va farmatsevtika sohasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi.
Ushbu uchrashuv va imzolangan memorandum institut uchun tajriba almashish, qoʻshma tadqiqotlarni yoʻlga qoʻyish hamda ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlarini kengaytiradi.


