platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Toshkentning 8 mahallasida sunʼiy koʻllar tashkil etilmoqda

Loyiha doirasida shaharda suvli maydonlar va yashil hududlarni koʻpaytirish, changlanish darajasini kamaytirish hamda ekologik infratuzilmani rivojlantirish koʻzda tutilgan. 

Toshkentning 8 mahallasida sunʼiy koʻllar tashkil etilmoqda

Toshkent shahrida atmosfera havosi sifatini yaxshilash, ekologik muhitni sogʻlomlashtirish va aholi uchun qulay mikroiqlim yaratish maqsadida sunʼiy koʻllar tashkil etish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur tashabbus Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi hamda Toshkent shahar hokimligi tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 25 martdagi PF–46-sonli «Atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan «Toza havo» umummilliy loyihasini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Farmoni ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida shaharda suvli maydonlar va yashil hududlarni koʻpaytirish, changlanish darajasini kamaytirish hamda ekologik infratuzilmani rivojlantirish koʻzda tutilgan.

Jumladan, Chilonzor tumanidagi «Beshyogʻoch», Sergeli tumanidagi «Xonabodtepa» va «Qumariq», Yunusobod tumanidagi «Bogʻiboʻston», Mirobod tumanidagi «Yuksalish», Shayxontohur tumanidagi «Ipakchilik», Uchtepa tumanidagi «Qoʻrgʻontepa» hamda Olmazor tumanidagi «Zamondosh» mahallalarida sunʼiy koʻllar barpo etiladi.

Sunʼiy koʻllarning tashkil etilishi shahar hududlarida suv va yashil maydonlar ulushini oshirish, mahalliy mikroiqlimni yaxshilash hamda aholi uchun yanada qulay va sogʻlom ekologik muhit yaratishga xizmat qiladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid