Toshkentda yoʻlovchi avtobusi yonib ketdi
Hodisa oqibatida jarohatlanganlar yoʻqligi xabar qilingan.

Shayxontohur tumanida avtobus yonib ketdi.
7 noyabr kuni soat 12:01 da Toshkent shahar Shayxontohur tumani Laylitoʻrgʻon koʻchasida avtobusda yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida Toshkent shahar FVBBga xabar kelib tushgan.
Qutqaruv ekipajlari koʻrsatilgan manzilga zudlik bilan yetib borib, yongʻinni soat 12:09 da oʻchirdilar.
Koʻrsatilgan manzilda 7-avtosaroyga qarashli avtobus yonib zararlangani aniqlandi.
Hodisa oqibatida jarohatlanganlar yoʻq.





