platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Toshkentda avtobus haydovchisi baxtsiz hodisa qurboni boʻldi

Haydovchi yoʻlovchilarni avtoshohbekatda tushirib, avtobusni toʻxtatgan vaqtida texnik qoidalarga amal qilmaslik oqibatida transport vositasining qoʻl tormozini faollashtirmagan. Avtobusni toʻxtatishga uringan vaqtida haydovchi J.Z. uning ostida qolgan.

Toshkentda avtobus haydovchisi baxtsiz hodisa qurboni boʻldi

Toshkent shahrida 2026 yil 7 noyabr kuni 82-sonli yoʻnalishdagi avtobus haydovchisi bilan oʻlim bilan yakunlangan baxtsiz hodisa sodir boʻldi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, hodisa 82-sonli avtobus yoʻnalishida faoliyat yurituvchi haydovchi J.Z. bilan yuz bergan.

Haydovchi yoʻlovchilarni avtoshohbekatda tushirib, avtobusni toʻxtatgan vaqtida ehtiyotsizlik va texnik qoidalarga amal qilmaslik oqibatida transport vositasining qoʻl tormozini faollashtirmagan hamda oʻzi avtobusni tark etgan.

Oqibatda avtobus oʻz-oʻzidan harakatlana boshlagan. Buni koʻrgan zahoti transport vositasini toʻxtatishga uringan vaqtida haydovchi J.Z. avtobus ostida qolgan va vafot etgan.

Avvalroq Toshkentda yoʻlovchi avtobusi yonib ketgandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid