Surxondaryo hokimini aldagan amaldor 3 yilga qamaldi
U oʻzini Prezident administratsiyasi xodimi deb tanishtirib, Termizdagi "Diplomat" restorani oʻrnida koʻp qavatli uy qurishiga ruxsat olishda amaliy yordam soʻragan.

Surxondaryo hokimini aldagan amaldor 3 yilga qamaldi. U oʻzini Prezident administratsiyasi xodimi deb tanishtirgan.
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasida departament boshligʻi boʻlib ishlagan 38 yoshli I.J. oʻzini "Administratsiyadan Komilman" deb tanishtirib, viloyat hokimi Ulugʻbek Qosimovga qoʻngʻiroq qilgan.
U afgʻonistonlik tadbirkorning Termizdagi "Diplomat" restorani oʻrnida koʻp qavatli uy qurishiga ruxsat olishda amaliy yordam soʻragan.
Sudda u oʻzini "Komil" deb tanishtirganini tan olgan. Biroq aybiga toʻliq iqror boʻlmagan. Ayblanuvchi JIB Chilonzor tuman sudi uni Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi va 219-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topib, 3 yil 1 oyga ozodlikdan mahrum qildi. Jazoni manzil koloniyada oʻtash belgilandi.





