platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jahon

«Siz meni ham, oʻzingizni ham noqulay ahvolga solib qoʻyasiz» — Sadir Japarov ayolning oʻziga bagʻishlangan sheʼrini oʻqishiga ruxsat bermadi

Japarov jamoatchilikda aholi bilan uchrashuvlarga uni ochiqchasiga maqtash uchun maxsus odamlar taklif qilinayotgandek taassurot uygʻotishi mumkinligini taʼkidladi.

«Siz meni ham, oʻzingizni ham noqulay ahvolga solib qoʻyasiz» — Sadir Japarov ayolning oʻziga bagʻishlangan sheʼrini oʻqishiga ruxsat bermadi
Foto: AKIpress.org

Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov 6 noyabr kuni Chuy viloyatining Sokuluk tumani aholisi bilan uchrashuv chogʻida oʻziga bagʻishlangan sheʼrni oʻqimoqchi boʻlgan ayolni toʻxtatdi. Bu haqda “AKIpress” xabar qildi.

Uchrashuv davomida mahalliy aholi vakili boʻlgan ayol dastlab oʻz murojaatini bildirdi. Shundan soʻng u davlat rahbariga bagʻishlab yozilgan sheʼrni oʻqib berish niyatida ekanini maʼlum qildi.

Biroq prezident bunga qarshi chiqdi va sheʼrni oʻqimaslikni soʻradi.

«Hokimiyatni maqtash kerak emas. Bu bilan siz meni ham, oʻzingizni ham noqulay ahvolga solib qoʻyasiz. Keyin odamlar meni maqtaydigan “navbatchi” fuqarolarni yigʻib olgan, deb gapirishadi», — dedi Sadir Japarov.

Prezident bunday holat jamoatchilikda aholi bilan uchrashuvlarga uni ochiqchasiga maqtash uchun maxsus odamlar taklif qilinayotgandek taassurot uygʻotishi mumkinligini taʼkidladi.

Shu sababli u ayolning sheʼrini tinglashdan bosh tortdi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid