Paragvay prezidenti lavozimidan chetlatildi va uy qamogʻiga olindi
Uning lavozimdan chetlatilishiga mamlakatdagi yirik raqamli bank — Ueno Bank faoliyatining inqirozga uchrashi va prezidentning ushbu bank bilan avvalgi biznes aloqalari sabab boʻlgan.

Paragvay prezidenti impichment orqali lavozimidan chetlatildi va uy qamogʻiga olindi.
Paragvay Senati prezident Santyago Penyaga nisbatan impichment jarayonini yakunlab, uni lavozimidan chetlatish uchun bir ovozdan qaror qabul qildi. Tegishli qaror uchun 44 senator ovoz berdi, bittasi yoʻq edi.
Qizigʻi, Penya bundan bir kun avval isteʼfoga chiqish haqida ariza bergan, ammo parlament uni qabul qilmagan edi.
Uning lavozimdan chetlatilishiga mamlakatdagi yirik raqamli bank — Ueno Bank faoliyatining inqirozga uchrashi va prezidentning ushbu bank bilan avvalgi biznes aloqalari sabab boʻlgan. Muxolifat uni manfaatlar toʻqnashuvi va moliyaviy tizimdagi muammolarga aloqadorlikda ayblamoqda. Penya esa ayblovlarni rad etgan.
Sobiq prezident lavozimidan chetlatilganidan keyin uy qamogʻiga olindi. Vitse-prezident Pedro Alyana esa yangi prezident sifatida qasamyod qildi.





