platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Sport

Krishtianu Ronaldu Portugaliya termasiga qaytishi mumkin

41 yoshli hujumchi 2028 yilgi Yevropa chempionatida qatnashishni istaydi va murabbiy Jorje Jezus lavozimidan ketsa, terma jamoaga qaytishga tayyor.

Krishtianu Ronaldu Portugaliya termasiga qaytishi mumkin

Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasiga qaytishi mumkin.

Bu haqda futbol agenti Paulu Barbozaga xabar tarqatgan.

Uning aytishicha, 41 yoshli hujumchi 2028 yilgi Yevropa chempionatida qatnashishni istaydi va Jorje Jezus lavozimidan ketsa, terma jamoaga qaytishga tayyor.

Ronaldu bilan murabbiy oʻrtasidagi kelishmovchilik sentabr oyida Norvegiyaga qarshi oʻyinda futbolchining zaxirada qoldirilganidan keyin boshlangan.

5 noyabr kuni esa hujumchi terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan edi.
Ronaldu 2003 yilda Portugaliya terma jamoasida debyut qilgan. U 23 yildan ortiq davom etgan faoliyati davomida 234 ta uchrashuv oʻtkazib, 146 ta gol urgan va 45 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchi oʻyinlar va gollar soni boʻyicha erkaklar terma jamoalari tarixida jahon rekordchisi hisoblanadi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid