Metan zapravkalar faoliyati vaqtincha cheklanishi mumkin
Havo haroratining pasayib ketishi boʻyicha xabar ortidan Energetika vazirligi aholi va ijtimoiy obʼektlarni barqaror energiya bilan taʼminlash choralarini koʻrmoqda.

“Oʻzgidromet” maʼlumotiga koʻra, 9–11 noyabr kunlari Oʻzbekistonda yomgʻir, shimoliy va togʻli hududlarda qor yogʻishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi shimolda −7 darajagacha, boshqa hududlarning ayrim joylarida −1…−2 darajagacha pasayishi mumkin.
Energetika vazirligi sovuq kunlarda aholi va ijtimoiy obʼektlarni barqaror energiya bilan taʼminlash choralarini koʻrmoqda. Gaz taʼminotida xonadonlar, maktablar, bogʻchalar va shifoxonalarga ustuvorlik beriladi.
Zarurat tugʻilganda metan zapravkalar faoliyati vaqtincha cheklanishi mumkin. Cheklovlar hokimliklar bilan kelishilgan grafik asosida joriy etiladi va isteʼmolchilar oldindan xabardor qilinadi.





