platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Andijonda 837 kishini qogʻozda “ishga kiritib”, kambagʻallik reyestridan chiqarib yuborilgani aniqlandi

Andijon viloyati Marhamat tumanidagi “Marhamat agropilla” MChJ rahbari hamda tuman kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari 837 kishini faqat qogʻozda ishli qilgan.

Andijonda 837 kishini qogʻozda “ishga kiritib”, kambagʻallik reyestridan chiqarib yuborilgani aniqlandi
Foto: Wikipedia

MChJ rahbari jinoiy jazoga tortildi. Sud hukmida keltirilishicha, “Marhamat agropilla” MChJ rahbari A.A. hamda tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Sh.J. til biriktirib mazkur holatni sodir qilgan.

Ikki shaxs ijtimoiy reyestrida roʻyxatda turuvchi 837 kishining shaxsga doir maʼlumotlarini noqonuniy ravishda yigʻgan. Soʻngra ularni “Marhamat agropilla” MChJga ishga qabul qilingani va 2025-yil may-oktabr oylarida goʻyoki jamiyatda ishlagani, ularga, 6,3 mln soʻm ish haqi hisoblangani haqida soxta maʼlumotlar kiritishgan.

Shu tariqa, ish bilan taʼminlanganlik vaji bilan yuzlab fuqarolarni kambagʻallik reyestridan chiqarib yuborilgan. Oqibatda kambagʻallik rastridagi 78 kishiga toʻlanishi lozim boʻlgan moddiy yordam pullari toʻlanmay qolgan.

A.A. sudda oʻz aybiga iqror boʻlib, qilmishidan pushaymonligini aytib, suddan yengillik soʻragan.

JIB Marhamat tuman sudi hukmi bilan A.A. Jinoyat kodeksining 141-2-moddasi (shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish) 2-qismi “a, g” bandlari, 28,205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) 2-qismi “a” bandi hamda 28,209-moddasi (mansab soxtakorligi) 1-qismi bilan aybli deb topilgan. Unga ish haqining 20 foizini davlat daromadiga undirgan holda 1 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid