platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Turkiyada qurolli shaxs odamlarga qarata oʻt ochdi, sakkiz kishi qurbon boʻldi

Uchta turli mashinada boʻlgan qurbonlar oʻrtasida hech qanday bogʻliqlik yoʻq edi. Ulardan ikkitasi bir maktabda ishlaydigan oʻqituvchilar boʻlgan. 

Turkiyada qurolli shaxs odamlarga qarata oʻt ochdi, sakkiz kishi qurbon boʻldi

Turkiyada qurolli jinoyatchi odamlarga qarata oʻt ochdi, natijada sakkiz kishi halok boʻldi va yana bir kishi yaralandi, deb xabar berdi IHA axborot agentligi.

Hodisa Turkiyaning Afyonqorahisor viloyatining Ihsaniye tumanida sodir boʻldi.

"Hujumchi yoʻlda harakatlanayotgan mashinalarni tasodifiy toʻxtatib, yoʻlovchilarga qarata oʻt ochdi. Xavfsizlik kuchlari hodisadan keyin qochib ketgan gumondorni aniqlash va qoʻlga olish uchun keng koʻlamli qidiruv ishlarini olib borildi", deyiladi xabarda.

Nashrning xabar berishicha, uchta turli mashinada boʻlgan qurbonlar oʻrtasida hech qanday bogʻliqlik yoʻq edi.

Ulardan ikkitasi bir maktabda ishlaydigan oʻqituvchilar edi. Mintaqada maksimal xavfsizlik choralari koʻrildi.

Politsiya va jandarmeriyaning qoʻshma operatsiyasi natijasida erkak ushlangan. Tibbiy koʻrikdan soʻng u huquq-tartibot idoralariga topshirilgan. Tergovga bosh prokuror oʻrinbosari va uch prokuror jalb etilgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid