Toshkent shahrida 9 noyabrdan isitish mavsumi boshlanadi
Shu kuni ijtimoiy soha obʼektlariga — maktablar, bogʻchalar, shifoxonalar va boshqa muassasalarga, shuningdek koʻp qavatli uylarga issiqlik beriladi.

Toshkent shahrida 2026–2027 yilgi isitish mavsumi boshlanishi munosabati bilan issiqlik taʼminoti bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda poytaxt hokimining tegishli qarori qabul qilindi.
9 noyabrdan boshlab ijtimoiy soha obʼektlarida — maktablar, bogʻchalar, shifoxonalar va boshqa muassasalarda isitish tizimi ishga tushiriladi.
9 noyabrdan koʻp kvartirali turar joy binolariga ham issiqlik berish boshlanadi.
Issiqlik taʼminotini ulash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Isitish uchun toʻlov issiqlik taʼminoti amalda ulangan kundan boshlab hisoblanadi. Ulanish sanasi boshqaruv kompaniyasi tomonidan imzolangan ikki tomonlama dalolatnomada qayd etiladi, deyiladi hokimlik xabarida.





