platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Siyosat

Samarqandda Xavfsizlik masalalari boʻyicha ShHT plyus birinchi ekspertlar muloqoti boshlandi

Mazkur formatni yoʻlga qoʻyish tashabbusi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga tegishli boʻlib, ilk bor 2024 yilda ShHTning Ostona shahridagi sammitida yangragan.

Samarqandda Xavfsizlik masalalari boʻyicha ShHT plyus birinchi ekspertlar muloqoti boshlandi

Samarqand shahrida Xavfsizlik masalalari boʻyicha ShHT plyus birinchi ekspertlar muloqoti oʻz ishini boshladi.

​“Raqamli transformatsiya davrida xavfsizlik: yangi texnologiyalar rivojlanishini hisobga olgan holda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish” mavzuidagi tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati rahbari general-polkovnik Bahodir Qurbonov raisligida oʻtkazilmoqda.

​Uchrashuv avvalida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xalqaro muloqot qatnashchilariga murojaatini Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V. Mahmudov oʻqib eshittirdi.

​Mazkur formatni yoʻlga qoʻyish tashabbusi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga tegishli boʻlib, ilk bor 2024 yilda ShHTning Ostona shahridagi sammitida yangragan.

​2025 yilda Tyanszinda boʻlib oʻtgan Tashkilotga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashi yigʻilishida Xavfsizlik masalalari boʻyicha ShHT plyus birinchi ekspertlar muloqotini Samarqandda oʻtkazish taklif qilingan edi.

​Uchrashuvda ShHTga aʼzo davlatlar, kuzatuvchilar, muloqot boʻyicha hamkorlar maxsus xizmatlarining rahbarlari hamda vakillari, xalqaro tashkilotlar vakillari, shuningdek, taklif etilgan mehmonlar qatnashmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid