Oʻzbekistonga sovuq va nam havo massalari kirib kelib, harorat tushib ketadi
9-11 noyabr kunlari respublika hududining katta qismida yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik kuchli boʻlishi mumkin.

Joriy yilning 9 noyabr kuni Oʻzbekistonning shimoliy hududlariga, 10-12 noyabr kunlari esa respublikaning qolgan hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Buning natijasida respublika hududida ob-havoning keskin oʻzgarishi kuzatiladi.
9-11 noyabr kunlari respublika hududining katta qismida yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik kuchli boʻlishi mumkin. 10-11 noyabr kunlari respublikaning shimoliy va togʻli hududlarida yogʻingarchilik qorga aylanadi.
Respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
9 noyabr kuni respublikaning shimoliy hududlarida, 10-12 noyabr kunlari esa qolgan hududlarida havo haroratining asta-sekin pasayishi kutilmoqda.
Shimoliy hududlar va choʻl zonalarida havo harorati kechasi 2-7 daraja sovuqqacha, kunduzi 3-8 daraja iliqqacha, respublikaning qolgan hududlarida esa kechasi 0-5 daraja iliqqacha, baʼzi joylarda 1-2 daraja sovuqqacha, kunduzi 7-12 daraja iliqqacha pasayadi





