platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Erkinjon Turdimov beshta rektorni ishdan boʻshatdi – OAV

Jumladan, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhomjon Toʻxtasinov va Samarqand davlat chet tillari instituti rektori Bahodir Holiqov lavozimidan ozod etilgan.

Erkinjon Turdimov beshta rektorni ishdan boʻshatdi – OAV

Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasalaridagi 5 rektor lavozimidan ozod etilgani aytilmoqda. Bu haqda Qalampir nashri xabar berdi.

Manbaning bildirishicha, bugun, 6 noyabr kuni Taʼlim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov oʻtkazgan yigʻilishda Oʻzbekistondagi 5 ta OTM, jumladan, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhomjon Toʻxtasinov va Samarqand davlat chet tillari instituti rektori Bahodir Holiqov lavozimidan ozod etilgan.

Jahon tillari universiteti rektorining ishdan olinishi “Xavfsiz talaba” ilovasi bilan bogʻliq mojaro tufayli yuz bergani aytilmoqda.

Avvalroq “Xavfsiz talaba” ilovasi bilan bogʻliq mojaro ortidan Jahon tillari universitetning Tarjimonlik fakulteti dekani Ulugʻbek Yoʻldoshev ishdan olingandi.

Tarqalgan videolarda talabalardan “Xavfsiz talaba” ilovasini oʻrnatish talab qilinayotgani, ayrim hollarda bunga rozi boʻlmaganlar darslarga kiritilmayotgani maʼlum qilingandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid