platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

BioPharma City "Strategic Partnership Award" mukofoti sohibi

Taqdimotda mamlakatimizda biofarmatsevtika va biotexnologiya sanoatini rivojlantirishda ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasining ahamiyati alohida taʼkidlandi. 

BioPharma City "Strategic Partnership Award" mukofoti sohibi

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot va farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi delegatsiyasi Germaniyaning Gyottingen shahrida Sartorius kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan “Bridging the Gap Between Academia and Industry Summit-2026” xalqaro sammitida ishtirok etdi. Bu haqda Agentlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Dunyoning 30 ga yaqin mamlakatidan yetakchi olimlar, professorlar, universitetlar, ilmiy-tadqiqot institutlari hamda farmatsevtika va biotexnologiya sanoati vakillarini birlashtirgan mazkur sammit ilm-fan va sanoat oʻrtasidagi uzviy integratsiyani rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga tatbiq etish, innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish hamda akademik bilimlarni sanoat ehtiyojlari bilan uygʻunlashtirish masalalariga bagʻishlandi.

Tadbir doirasida Agentlik xodimi tomonidan Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan “Biopharma City” loyihasi va biofarmatsevtika klasterining konsepsiyasi, strategik maqsadlari, ustuvor faoliyat yoʻnalishlari hamda rivojlanish istiqbollariga bagʻishlangan taqdimot oʻtkazildi.

Taqdimotda mamlakatimizda biofarmatsevtika va biotexnologiya sanoatini rivojlantirishda ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasining ahamiyati alohida taʼkidlandi. Xususan, ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy taʼlim muassasalarida yaratilayotgan ilmiy ishlanmalarni sanoat ehtiyojlari bilan bogʻlash, fundamental va amaliy tadqiqotlar natijalarini innovatsion mahsulotlarga aylantirish, yangi biologik dori vositalari va vaksinalarni ishlab chiqish, texnologiyalar transferi hamda ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish masalalari yoritildi.

Shuningdek, “Biopharma City” loyihasi doirasida Life Sciences (hayot haqidagi fanlar), zamonaviy biotexnologiyalar, biofarmatsevtik mahsulotlarni ishlab chiqish va ishlab chiqarish, ilmiy-tadqiqot infratuzilmasini rivojlantirish hamda innovatsion texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish uchun yaxlit ekotizimni shakllantirishga qaratilgan yondashuv namoyish etildi.

Sammit davomida akademik tadqiqotlarni sanoat miqyosida qoʻllash, ilmiy laboratoriyalar va ishlab chiqarish korxonalari oʻrtasidagi hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, zamonaviy biojarayon texnologiyalaridan foydalanish, ilmiy natijalarni tijoratlashtirish hamda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha xalqaro tajribalar bilan tanishildi. Xorijiy universitetlar, ilmiy-tadqiqot markazlari va sanoat vakillari bilan oʻtkazilgan uchrashuvlarda ushbu yoʻnalishlarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish va amaliy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari ham muhokama qilindi.

Sammitning muhim voqealaridan biri Germaniyaning Sartorius kompaniyasi tomonidan “Biopharma City” loyihasiga “Strategic Partnership Award” (Strategik hamkorlik) mukofoti topshirilishi boʻldi.

Ushbu mukofot Oʻzbekistonning biofarmatsevtika va biotexnologiya sohasidagi salohiyati, ilm-fan va sanoat integratsiyasiga asoslangan rivojlanish modeli hamda xalqaro miqyosda strategik hamkorlikni yoʻlga qoʻyish borasidagi saʼy-harakatlarining eʼtirofi sifatida taqdim etildi.

Mazkur xalqaro eʼtirof mamlakatimizda zamonaviy biofarmatsevtika ekotizimini shakllantirish, ilmiy tadqiqotlar va sanoat oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, innovatsion ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish hamda Life Sciences yoʻnalishida yangi imkoniyatlarni yaratish yoʻlidagi muhim natijalardan biridir.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid