platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

2026 yilda ekstremistik va terrorchilik xususiyatiga ega 49 mingdan ziyod internet-resurs aniqlandi

​DXX rahbari 2021–2026 yillarga moʻljallangan Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish boʻyicha milliy strategiyani amalga oshirish doirasida idoralararo va xalqaro hamkorlik mexanizmlari takomillashtirilganini taʼkidladi. 

2026 yilda ekstremistik va terrorchilik xususiyatiga ega 49 mingdan ziyod internet-resurs aniqlandi

DXX raisi general-polkovnik Bahodir Qurbonov Xavfsizlik masalalari boʻyicha ShHT plyus birinchi ekspertlar muloqotining ochilishida nutq soʻzladi.

​Joriy yilning 6 noyabr kuni Samarqandda Xavfsizlik masalalari boʻyicha ShHT plyus birinchi ekspertlik muloqoti boʻlib oʻtmoqda.

​Tadbirni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Raisi general-polkovnik Bahodir Qurbonov kirish soʻzi bilan ochib berib, ishtirokchilar eʼtiborini terrorchilik va ekstremistik tashkilotlar oʻz mafkurasini tarqatish, tarafdorlarni yollash, teraktlarni moliyalashtirish, ularga tayyorgarlik koʻrish hamda amalga oshirishda raqamli texnologiyalardan faol foydalanayotganiga qaratdi.

​"Birgina 2026 yilda ekstremistik va terrorchilik xususiyatiga ega 49 mingdan ziyod internet-resurs aniqlangan boʻlib, bu 2025 yilgi koʻrsatkichga (43 mingga yaqin) nisbatan 14% koʻpdir. Bunday tendensiya radikal gʻoyalarni targʻib qilishda global tarmoqdan foydalanish koʻlami ortib borayotganini yaqqol koʻrsatadi", — dedi Xizmat raisi.

​DXX rahbari 2021–2026 yillarga moʻljallangan Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish boʻyicha milliy strategiyani amalga oshirish doirasida idoralararo va xalqaro hamkorlik mexanizmlari takomillashtirilganini taʼkidladi.

Oʻzbekiston tomonidan olib borilayotgan ishlarning natijalari xalqaro reytinglarda ham oʻz ifodasini topmoqda. Jumladan, 2026 yilgi Global terrorizm indeksida Oʻzbekiston 96-oʻrinni egallagani (minimal xavf toifasi) ushbu illatga qarshi kurashishda milliy yondashuvning samaradorligini namoyon etdi.

​DXX rahbari oʻz nutqida raqamli transformatsiya davrida xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha ustuvor yoʻnalishlariga toʻxtaldi. Ular qatoridan raqamli muhitda terrorchilar faoliyatining yangi shakl va usullarini aniqlash, shuningdek, sunʼiy intellektdan terrorchilik maqsadlarida foydalanishning oldini olish oʻrin olgan.

​Maʼruza yakunida ushbu Muloqotni oʻtkazish gʻoyat dolzarb va zarur ekani qayd etildi. Tadbir doirasida ishtirokchilar xavfsizlikka joriy tahdid va xavf-xatarlarni muhokama qiladi hamda xalqaro va mintaqaviy darajada hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan yagona chora-tadbirlarni ishlab chiqadi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid