Toshkentdagi koʻp qavatli uyda gaz portladi: bir kishi jarohatlandi
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida halok boʻlganlar yoʻq.

Toshkentda koʻp qavatli uyda gaz-havo aralashmasi chaqnashi oqibatida bir kishi jarohatlandi.
5 noyabr kuni soat 10:00 da Uchtepa tumanidagi koʻp qavatli uylardan birida gaz-havo aralashmasi chaqnashi sodir boʻldi.
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maʼlum qilishicha, hodisa Chilonzor-23 dahasidagi koʻp qavatli uyning xonadonlaridan birida yuz bergan.
Chaqnash oqibatida qoʻshni xonadonning eshik va derazalariga qisman zarar yetgan. Shuningdek, bir nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida halok boʻlganlar yoʻq.
Ayni paytda chaqnashning kelib chiqish sabablari va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.





