Serjio Gor AQSh davlat kotibi boʻlishi mumkin
U ayni paytda AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari boʻyicha maxsus vakili va Hindistondagi elchi sanaladi.

AQShning Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari boʻyicha maxsus vakili va AQShning Hindistondagi elchisi Serxio Gor AQSh maʼmuriyatida yangi yuqori lavozimni, jumladan, davlat kotibi yoki Oq uy apparati rahbari lavozimini egallashi mumkin.
Bu haqda The Washington Sun nashri xabar berdi.
Manbaga koʻra, u "Trampning yaqin ittifoqchisi"," Vashington va Osiyoning katta qismi oʻrtasidagi aloqalarda asosiy shaxs" va "kotib Rubioning ishonchli yordamchisi" sanaladi.
Nashrning taʼkidlashicha, na Rubio, na hozirda Oq uy apparati rahbari boʻlgan Uayls "AQSh maʼmuriyatidan ketish niyatini ochiqchasiga bildirmagan".
Biroq, Davlat departamenti va respublikachi siyosiy doiralardagi baʼzi odamlar "Rubio 2028 yoki 2032 yillarda boʻlib oʻtadigan prezidentlik saylovlariga tayyorgarlik koʻrish uchun hukumatdan ketishi mumkin" deb hisoblashadi.
Manbalarga koʻra, Gor Vashington maʼmuriyatida yangi yuqori lavozimga, jumladan, Davlat kotibi oʻrinbosariga qiziqish bildirgan.





