Qibrayda elektrdan salkam yarim mlrd soʻmlik qarz undirib olindi
MIB Qibray boʻlimiga yilning oʻtgan 10 oyida jami 15 mlrd 465 mln soʻm qarzdorlik undirish toʻgʻrisidagi ishlar kelib tushgan.

Qibrayda 462 mln soʻmlik elektr energiyasidan boʻlgan qarzdorlik undirildi.
Majburiy ijro byurosi Qibray tuman boʻlimi tomonidan kommunal toʻlovlarni undirish sohasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, sud qarorlariga asosan isteʼmol qilingan elektr taʼminoti uchun yuzaga kelgan debitor qarzdorliklarni undirish boʻyicha joriy yilning oʻtgan 10 oyida 51 ta sud qarori boʻyicha 15 mlrd 465 mln soʻm qarzdorlik undirish toʻgʻrisidagi ishlar kelib tushgan.
Ijro harakatlari natijasida 40 ta 10 mlrd 291 mln soʻmlik ijro ishlari tamomlangan.
Xususan, Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor “A” MChJdan undiruvchi "Hududiy elektr tarmoqlari" foydasiga 462 mln 898 ming soʻm isteʼmol qilingan elektr energiyasi boʻyicha yuzaga kelgan debitor qarzdorligi undirilib, taʼminotchi korxona hisob raqamiga oʻtkazildi.
Bjro ishi Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 41-moddasi 1-bandiga asosan amalda tamomlandi.





