platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

"Metro rahbarining oyligi 652 million soʻm emas"— Yoʻldosh Yusupov

Aytilishicha, bu pullar rahbarning sogʻligʻi bilan bogʻliq holat sabab, jamoaviy shartnomada koʻzda tutilgan tartibda, sogʻligʻini tiklash uchun bir yil davomida qaytarish sharti bilan berilgan pul hisoblanadi.

"Metro rahbarining oyligi 652 million soʻm emas"— Yoʻldosh Yusupov

Toshkent metropoliteni rahbari transforatsiya va moliya masalalari boʻyicha oʻrinbosari Yoʻldosh Yusupov tarmoqlarda tarqalgan xabarni, yaʼni metro rahbarining oyligi 652 million soʻmligini rad qildi.

Uning aytishicha, bu mablagʻlar rahbarning sogʻligʻi bilan bogʻliq holat boʻlganligi uchun jamoaviy shartnomada koʻzda tutilgan tartibda, sogʻligʻini tiklash uchun bir yil davomida qaytarish sharti bilan berilgan pul hisoblanadi.

“Bu oylik ish haqi emas. Vaholanki, bu yil davomida qaytarish sharti bilan berilgan mablagʻdir”, — deydi u. Shuningdek, rahbar oʻrinbosari “Metropolten” AJ'dagi nepotizm, yaʼni jamiyat tarkibidagi qarindosh-urugʻchilikni ham rad qildi.

“Metropolitenda uchta avlod vakillari, yaʼni bobo, bobosi, adasi, oʻzining ishlash holatlari bugungi kunda mavjud va bu holatlar bir-biriga taalluqli boʻlmagan yoʻnalishlarda faoliyat olib boradi. U oʻsha komissiyaviy oʻrganilganda ham xulosalari mavjud. Boʻlishi mumkin, qaysidir holatda, qaysidir joyda, bir xil paytda, bir joyda ishlagan boʻlishi mumkin. Lekin sizlar aytib oʻtgandek, qarindosh-urugʻchilik, yaʼni bitta oila vakillari hamda bitta oila vakillarining bir joyda, yaʼni bir-biriga topshiriq beradigan hamda manfaatli joylarda ishlashi mavjud emas”, — dedi Yoʻldosh Yusupov.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid