Aktrisa Nilufar Hamidova 7 sutkaga qamaldi
Avvalroq Nilufar Hamidovaning koʻcha va bekat atrofida tasvirga olgan videosi ijtimoiy tarmoqlarda eʼtirozlarga sabab boʻlgandi.

Aktrisa Nilufar Hamidova 7 sutka maʼmuriy qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 5 noyabr kuni jinoyat ishlari boʻyicha Yunusobod tumani sudida 1978 yilda tugʻilgan N.H.ga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqilgan.
Sud qaroriga koʻra, u Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasida (mayda bezorilik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 7 sutka maʼmuriy qamoq jazosiga tortilgan.
Avvalroq Nilufar Hamidovaning koʻcha va bekat atrofida tasvirga olgan videosi ijtimoiy tarmoqlarda eʼtirozlarga sabab boʻlgandi. Holat yuzasidan ichki ishlar organlari surishtiruv oʻtkazib, blogerning ishi sudga oshirilgan.





