platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Toshkent metropolitenida farroshlarga maosh berilmayaptimi?

Metropoliten xabariga koʻra, 2021 yilda farooshlarning oʻrtacha oylik ish haqi 1 million soʻm atrofida boʻlgan. Hozirgi kunda esa mehnat staji va tegishli mehnat shartlariga koʻra, ushbu toifadagi xodimlarning oylik ish haqi oʻrtacha 6–7 million soʻmgacha yetgan. 

Toshkent metropolitenida farroshlarga maosh berilmayaptimi?

Toshkent metropoliteni farroshlarga maosh berilmayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda metro tizimidagi farroshlarga oylik kechiktirilayotgani yoki toʻlanmayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Metropoliten maʼmuriyati bu daʼvolarni rad etib, barcha xodimlarga ish haqi har oy boshida muntazam toʻlanishini bildirdi.

2021 yilda “Toshkent metropoliteni” AJ xodimlarining oʻrtacha oylik ish haqi 2,8 million soʻmni tashkil etgan boʻlsa, bugungi kunda ushbu koʻrsatkich 8,4 million soʻmga yetgan. Shuningdek, 2026 yil davomida xodimlarning oʻrtacha oylik ish haqi yana 20 foizga oshirilgan.

2021 yilda ularning oʻrtacha oylik ish haqi 1 million soʻm atrofida boʻlgan. Hozirgi kunda esa mehnat staji va tegishli mehnat shartlariga koʻra, ushbu toifadagi xodimlarning oylik ish haqi oʻrtacha 6–7 million soʻmgacha yetgan.

“Toshkent metropoliteni” AJ ijtimoiy tarmoq faollari va mazkur mavzuda chiqish qilayotgan sahifa maʼmurlarini taxmin va biryoqlama xulosalarga emas, balki aniq faktlarga tayanishga chaqiradi. Agar keltirilayotgan daʼvolar yuzasidan asosli dalillar mavjud boʻlsa, ularni ochiq muloqot doirasida taqdim etishga tayyormiz.

​Asossiz axborot tarqatish orqali jamoatchilikni chalgʻitishga va jamiyat obroʻsiga putur yetkazishga qaratilgan har qanday urinishlarga nisbatan qonuniy choralar koʻriladi", deya taʼkidlanadi xabarda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid