platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev 5-6 noyabr kunlari Qozogʻistonda boʻladi

Davlat rahbari Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Shavkat Mirziyoyev 5-6 noyabr kunlari Qozogʻistonda boʻladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev va Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II taklifiga binoan 5-6 noyabr kunlari amaliy tashrif bilan Ostona shahrida boʻladi.

Davlatimiz rahbari sunʼiy intellekt sohasida xavfsizlikni taʼminlash, uning terroristik va ekstremistik maqsadlarda ishlatilishiga qarshi kurashish, yangi texnologik xatar hamda tahdidlarga javob qaytarishda xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash masalalariga bagʻishlangan Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Aqaba jarayoni 2015 yilda Podshoh Abdulla II tomonidan ilgari surilgan xalqaro tashabbus boʻlib, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda xavfsizlikni taʼminlash sohasida tajriba almashish va qoʻshma saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirishga qaratilgan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid