platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Prezident Olot tumani hokimi Nargiza Neʼmatovani mukofotladi

​Prezident hokimni oʻz hududini kompleks rivojlantirishda alohida jonbozlik koʻrsatayotganini eʼtirof etdi. 

Prezident Olot tumani hokimi Nargiza Neʼmatovani mukofotladi

Yigʻilishda taʼlim va tibbiyot sohalaridagi vazifalar ham koʻrib chiqildi.

​Tadbirkorlarga yer ajratib, xususiy bogʻcha va maktablarni koʻpaytirish, maktab bitiruvchilarining 50 foizini texnikumlarga jalb qilish vazifasi qoʻyildi. Texnikumlarni yirik tadbirkorlar va investorlar bilan bogʻlash, xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish zarurligi taʼkidlandi. Viloyatdagi oʻnta davlat va xususiy oliy taʼlim muassasasida dual taʼlim qamrovini ikki baravar oshirish rejalashtirilgan.

​Joriy yilda 29 ta shifoxona va poliklinikani yangilash ishlari amalga oshirildi. Shu bilan birga, tibbiy xizmat sifati, ayniqsa, birlamchi boʻgʻin faoliyati boʻyicha hali yechimini kutayotgan masalalar borligi qayd etildi.

​Mutasaddilarga birlamchi tibbiy xizmatni yaxshilash, sohaga investitsiya jalb etish va xorijda tajriba orttirgan vatandoshlar imkoniyatidan foydalanish topshirildi.

​Prezidentimiz oʻz hududini kompleks rivojlantirishda Olot tumani hokimi Nargiza Neʼmatova alohida jonbozlik koʻrsatayotganini eʼtirof etib, davlat va boshqaruv idoralaridagi koʻp yillik samarali mehnati, yangi ish oʻrinlarini yaratish orqali aholi farovonligini taʼminlash yoʻlidagi xizmatlari uchun uni “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlashga qaror qilganini eʼlon qildi.

​Yigʻilishda muhokama qilingan vazifalar yuzasidan tarmoq va hududlar rahbarlarining hisobotlari hamda kelgusi yilga rejalari tinglandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid