Buxoroda 300 million dollarlik yangi aeroport qurilmoqda
Aeroportni shahar markazi bilan bogʻlash uchun 24 kilometrli avtomobil yoʻli barpo etiladi. Avtobuslar uchun 5,5 kilometrli BRT yoʻlagini tashkil etish ham rejalashtirilgan.

Buxoroda xalqaro standartlarga muvofiq, 300 million dollarlik yangi aeroport qurilmoqda. U bir vaqtning oʻzida 20 ta samolyot va 1 ming 200 nafar yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish imkoniga ega boʻladi.
Aeroportni shahar markazi bilan bogʻlash uchun 24 kilometrli avtomobil yoʻli barpo etiladi. Shuningdek, avtobuslar uchun 5,5 kilometrli BRT yoʻlagini tashkil etish ham rejalashtirilgan.
Prezidentimiz aeroport va unga olib boradigan yoʻlni Mustaqillik bayramigacha foydalanishga topshirish vazifasini qoʻydi. Yangi infratuzilma Buxoroga keluvchilar uchun qulaylik yaratishi va hududning transport imkoniyatlarini kengaytirishi taʼkidlandi.
Turkiyaning “Pegasus” aviakompaniyasi Buxoroga toʻgʻridan-toʻgʻri qatnovlarni yoʻlga qoʻymoqda. Kelasi yil Malayziya, Indoneziya, Kuvayt, Misr va Bahrayn bilan ham aviaqatnovlarni boshlash topshirildi.





