platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Bokiralikni tiklagan shifokorlar qamalishi rejalashtirilayotgani rad etildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida yuqorida bayon etilgan mazmundagi qonun loyihasi mavjud emas, koʻrib chiqish uchun ham kiritilmagan va muhokama qilinmayapti.

Bokiralikni tiklagan shifokorlar qamalishi rejalashtirilayotgani rad etildi

Bokiralikni tiklagan shifokorlar qamalishi rejalashtirilayotgani boʻyicha tarqalgan xabarlar rad etildi.

Shu kunlarda ayrim ijtimoiy tarmoqlarda “bokiralik kapsulasi”ni sotish, yetkazib berish va unga buyurtma berish, “bokiralikni jarrohlik yoʻli bilan tiklab berganlik” uchun fuqarolarga va shifokorlarga nisbatan jinoiy javobgarlik belgilanishi, bunday holatlar haqida xabar bergan shaxslar davlat tomonidan moliyaviy ragʻbatlantirilishi hamda ushbu masala Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ilgari surilgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida yuqorida bayon etilgan mazmundagi qonun loyihasi mavjud emas, koʻrib chiqish uchun ham kiritilmagan va muhokama qilinmayapti.

"Shu munosabat bilan, bu kabi asossiz, yolgʻon va tekshirilmagan maʼlumotlarni tarqatmaslikni, axborotni ulashishdan avval uning haqqoniyligini rasmiy manbalar orqali tekshirish lozimligini eslatib oʻtamiz. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining faoliyatiga oid rasmiy maʼlumotlar va qonunchilik tashabbuslari toʻgʻrisidagi axborotlarni faqat palataning rasmiy axborot manbalari orqali kuzatib borish tavsiya etiladi", deyiladi QP xabarida.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid