platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jahon

AQSh Senati demokratlar nazoratiga oʻtdi

Mamlakatda oraliq saylovlarlar yakunlandi. Vakillar Palatasi boʻyicha kurashda ham demokratlar gʻalaba qozonishi bashorat qilinmoqda. 

AQSh Senati demokratlar nazoratiga oʻtdi

3 noyabrda boʻlib oʻtgan oraliq saylovlar AQShdagi siyosiy kuchlar nisbatini sezilarli darajada oʻzgartirdi.

Associated Press maʼlumotlariga koʻra, demokratlar anʼanaviy ravishda respublikachilarni qoʻllab-quvvatlab kelgan qator shtatlarda, jumladan Texas va Ogayoda gʻalaba qozonib, Senatda koʻpchilikni qoʻlga kiritdi. CNN ham Vakillar palatasi ularning nazoratiga oʻtishini bashorat qilmoqda.

Hozirda demokratlar zarur 51 ovozni qoʻlga kiritib boʻlishdi. CNN va AP’ning dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Demokrat partiyasi Vakillar palatasida 176 ta oʻrinni qoʻlga kiritdi, Respublikachilar esa 106 ta oʻringa ega chiqdi. Palatani oʻz nazoratiga olish uchun 218 ta oʻrinni qoʻlga kiritish talab etiladi.

AQSh Senati demokratlar nazoratiga oʻtdi

Shunday qilib, Donald Trampning ikkinchi prezidentlik muddatida ilk bor Kongressning har ikki palatasi muxolif partiya nazoratiga oʻtmoqda.

Senatning demokratlar nazoratiga oʻtishi Trampning prezidentlik davridagi soʻnggi ikki yilini tubdan oʻzgartiradi va uning oʻz kun tartibini, jumladan, Oliy sudni konservativ yoʻnalishda saqlab qolish umidlarini ilgari surish imkoniyatlarini cheklab qoʻyishi ehtimoldan xoli emas.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid