5 noyabrga oʻtar kechasi Toshkentda havo sifati yaxshilanishi kutiladi
Kutilayotgan yogʻingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorining kamayishiga yordam berib, havo sifatini yaxshilashi mumkin.

5 noyabrga oʻtar kechasi Toshkent shahrida havo sifati yaxshilanishi kutilmoqda.
Prognozlarga koʻra, kechki, tungi va ertalabki soatlarda havo sifati Xalqaro havo sifati indeksi (AQI) boʻyicha “oʻrtacha”, ayrim muddatlarda “sezgir guruhlar uchun nosogʻlom”, milliy havo sifati indeksi boʻyicha esa asosan “yashil”, qisqa muddat “sariq” darajada boʻlishi kutilmoqda.
Global ob-havo prognoz modellariga koʻra, 5 noyabrga oʻtar kechasi 2–6 mm miqdorida yogʻingarchilik kutilmoqda. Kutilayotgan yogʻingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorining kamayishiga yordam berib, havo sifatini yaxshilashi mumkin.
5 noyabr kuni ertalab havo sifati Xalqaro havo sifati indeksi (AQI) boʻyicha “oʻrtacha”, milliy havo sifati indeksi boʻyicha asosan “yashil” darajada boʻlishi mumkin.
Hozirda Toshkent shahrida atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.





