"Xavfsiz talaba" ilovasini oʻrnatmaganlar darsga kiritilmayotgani aytildi
Talablarning soʻzlariga koʻra, ular 3 noyabr kuni universitet eshigi oldida ushlab qolinib, ushbu ilovani majburlab oʻrnatishgan. Vazirlik holat boʻyicha izoh berdi.

"Xavfsiz talaba" ilovasini oʻrnatmagan talabalar darsga kiritilmayotgani boʻyicha xabarlar tarqaldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti va boshqa OTMlarda "Xavfsiz talaba" ilovasini oʻrnatmagan talabalar darslarga kiritilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Talablarning soʻzlariga koʻra, ular 3 noyabr kuni universitet eshigi oldida ushlab qolinib, ushbu ilovani majburlab oʻrnatishgan. Dars oʻrtasida dekan, dekan muovini va tyutorlar kirib, ilovani oʻrnatmagan talabalarni turgʻizib, oʻrnatishni rad etsa, dakki bergan.
Taʼlim va ilm-fan vazirligi ushbu holatni nazoratga olib, tezkor oʻrganish boʻyicha koʻrsatma berdi.
Ayni paytda ishchi guruh oʻrganish ishlarini boshlagan.
Vazirlik talabalarning taʼlim olish huquqi va oʻquv jarayoni uzluksizligi taʼminlanishi shartligini taʼkidladi.





