Urgutda 8-sinf oʻquvchisi bedarak yoʻqoldi
Mumtozbegim Oʻtkirova 2026 yil 2 noyabr kuni soat 10:00 lar atrofida yashash xonadonidan chiqib ketgan va shundan buyon uning qayerdaligi haqida maʼlumot yoʻq.

Mirzaqishloq mahallasida yashovchi, 2012 yilda tugʻilgan Oʻtkirova Mumtozbegim Gʻani qizi bedarak yoʻqolgan.
Maʼlum qilinishicha, u 2026 yil 2 noyabr kuni soat 10:00 lar atrofida yashash xonadonidan chiqib ketgan va shundan buyon uning qayerdaligi haqida maʼlumot yoʻq.
Uni koʻrgan yoki qayerdaligi haqida biror maʼlumotga ega boʻlgan fuqarolardan quyidagi telefon raqamlariga qoʻngʻiroq qilish soʻraladi:
+998976111137
+998979136762




