platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Toshkentda zaharlangan qozogʻistonlik futbolchilar boʻyicha jinoyat ishi ochildi

Ular mehmonxonada nonushta vaqtida yarim qovurilgan tuxum va sosiska isteʼmol qilgan. Shu kunning oʻzida ularning 13 nafarida qayt qilish, ich ketish, qorin ogʻrigʻi va tana haroratining koʻtarilishi kabi belgilar kuzatilgan. 

Toshkentda zaharlangan qozogʻistonlik futbolchilar boʻyicha jinoyat ishi ochildi

2026 yil 1 noyabr kuni futbol musobaqasida ishtirok etish uchun Qozogʻistondan mamlakatimizga kelgan 20 nafar bola va ularning yaqinlari Toshkent shahridagi mehmonxonada nonushta vaqtida yarim qovurilgan tuxum va sosiska isteʼmol qilgan.

Shu kunning oʻzida ularning 13 nafarida qayt qilish, ich ketish, qorin ogʻrigʻi va tana haroratining koʻtarilishi kabi belgilar kuzatilgan.

Shundan soʻng ular tez tibbiy yordam xizmati tomonidan Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga olib kelingan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276¹³-moddasi (Sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda Chilonzor tumani IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid