platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Toshkentda mushukka nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlgan erkak 7 sutkaga qamaldi

Tarmoqlarda tarqalgan videoda erkak uy yoʻlagida mushukchani polga bosib, oldingi oyogʻini burayotgani aks etgan. 

Toshkentda mushukka nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlgan erkak 7 sutkaga qamaldi

Toshkent shahar Shayxontohur tumanida koʻp qavatli uy yoʻlagida mushukchaga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlgan erkakka 7 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Avvalroq mazkur holat videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 111-moddasi (Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish) boʻyicha maʼmuriy bayonnoma tuzilib, hujjatlar jinoyat ishlari boʻyicha Shayxontohur tuman sudiga yuborilgan.

Sud qarori bilan unga 7 sutka maʼmuriy qamoq jazosi berilgan.

Eslatib oʻtamiz, hodisa haqida 29 oktabr kuni maʼlum boʻlgan edi. Tarmoqlarda tarqalgan videoda erkak uy yoʻlagida mushukchani polga bosib, oldingi oyogʻini burayotgani aks etgan. Keyinchalik veterinarlar hayvonning bilak suyagida yorilish borligini aniqlashgan. 30 oktabr kuni Toshkent shahar IIBB erkakning shaxsini aniqlangan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid