platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Telegram ommaboplikda, televideniye esa ishonch borasida yetakchi: Oʻzbekistonda mediaisteʼmol boʻyicha tadqiqot natijalari taqdim etildi

Oʻzbekistonda mediaisteʼmolchilarning 64,8 foizi ijtimoiy tarmoqlardan, 86,1 foizi esa Telegram messenjeridan foydalanadi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida Instagram yetakchi boʻlib, uning ulushi 92,7 foizga yetgan. Radiodan foydalanish darajasi esa ancha past — 21,9 foiz.

Telegram ommaboplikda, televideniye esa ishonch borasida yetakchi: Oʻzbekistonda mediaisteʼmol boʻyicha tadqiqot natijalari taqdim etildi

2 noyabr kuni Toshkent shahrida «Oʻzbekistonda mediaisteʼmolni oʻrganish boʻyicha milliy tadqiqot» loyihasi taqdimotida shunday raqamlar eʼlon qilindi. Mazkur Tadqiqot mamlakat aholisi yangiliklarni qaysi manbalardan olishi, qaysi axborot vositalariga koʻproq ishonishi va zamonaviy OAVdan nimalarni kutayotganini aniqlashga qaratilgan.

Tadbirda taʼkidlanishicha, Oʻzbekistonda mediaisteʼmolni oʻrganish boʻyicha milliy tadqiqot» loyihasi doirasida 2026 yilning 8–19 sentabr kunlari respondentlarning yashash joylarida yuzma-yuz suhbat usulida oʻtkazilgan. Unda mamlakatning barcha 14 hududidan 18 yosh va undan katta boʻlgan 1411 nafar fuqaro ishtirok etdi. Respondentlarning 53,9 foizini shahar, 46,1 foizini esa qishloq aholisi tashkil qilgan.

Tadqiqot natijalariga koʻra, soʻrovda qatnashganlarning 50,4 foizi mamlakatdagi voqealarni muntazam kuzatib boradi, yana 30,4 foizi esa yangiliklarga vaqti-vaqti bilan qiziqish bildiradi. Axborot olishning asosiy manbalari Telegram kanallari (51,6 foiz), televideniye (44,6 foiz) va ijtimoiy tarmoqlar (41,6 foiz) hisoblanadi.

Bunda yosh guruhlari oʻrtasida sezilarli farq mavjud. Xususan, 18–24 yoshlilar orasida 66,2 foiz axborotni Telegram orqali, 54,4 foiz esa ijtimoiy tarmoqlardan olishni afzal koʻradi. 55 yoshdan katta aholi oʻrtasida esa televideniye yetakchilikni saqlab qolmoqda — 77,4 foiz.

Telegram ommaboplikda, televideniye esa ishonch borasida yetakchi: Oʻzbekistonda mediaisteʼmol boʻyicha tadqiqot natijalari taqdim etildi

Raqamli platformalar rivojlanayotganiga qaramay, televideniye oʻz mavqeini yoʻqotmagan. Respondentlarning 67,5 foizi telekoʻrsatuvlarni tomosha qiladi, 44,3 foizi esa televideniyeni eng ishonchli axborot manbai deb hisoblaydi. Taqqoslash uchun, Telegram kanallariga ishonch darajasi 11,3 foizni, yangiliklar saytlariga esa 7,4 foizni tashkil etgan.

Telegram ommaboplikda, televideniye esa ishonch borasida yetakchi: Oʻzbekistonda mediaisteʼmol boʻyicha tadqiqot natijalari taqdim etildi

Telekanallar orasida O‘zbekiston 24 alohida ajralib turadi. Tomoshabinlarning 41,7 foizi uni asosiy, 52,8 foizi esa eng ishonchli axborot manbai sifatida baholagan.

Soʻrov ishtirokchilarining 64,8 foizi ijtimoiy tarmoqlardan, 86,1 foizi esa Telegram messenjeridan foydalanadi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida Instagram yetakchi boʻlib, uning ulushi 92,7 foizga yetgan. Radiodan foydalanish darajasi esa ancha past — 21,9 foiz.

Telegram foydalanuvchilari asosan respublika yangiliklarini (55,2 foiz) oʻqiydi va xalqaro voqealarni kuzatadi. Tadqiqot mualliflari aholi bir vaqtning oʻzida anʼanaviy va raqamli axborot manbalaridan foydalanayotganini taʼkidlamoqda.

Soʻrov natijalarining koʻrsatishicha, respondentlarning atigi 28,3 foizi bosma yoki onlayn matubotni oʻqiydi, 38,8 foiz soʻralganlar matbuot nashrlarini faqat onlayn tarzda oʻqiydi.

Telegram ommaboplikda, televideniye esa ishonch borasida yetakchi: Oʻzbekistonda mediaisteʼmol boʻyicha tadqiqot natijalari taqdim etildi

Respondentlarning 56 foizini Oʻzbekistondagi voqea-hodisalar haqidagi materiallar, 40 foizini esa xalqaro yangiliklar qiziqtiradi. Islohotlar, qonunlar va davlat tashabbuslari haqidagi maʼlumotlarni esa faqatgina 11,3 foiz soʻralganlar kuzatib borishini aytgan.

Axborot muhitiga berilgan baholar ham turlicha. Ishtirokchilarning 49,7 foizi mamlakatda soʻz erkinligi darajasini yuqori deb hisoblaydi. Shu bilan birga, 41,3 foizi narx-navo, bandlik va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash masalalari, 40,6 foizi esa aholining kundalik muammolari haqidagi axborot yetarli emasligini bildirgan.

Telegram ommaboplikda, televideniye esa ishonch borasida yetakchi: Oʻzbekistonda mediaisteʼmol boʻyicha tadqiqot natijalari taqdim etildi

Respondentlar televizion koʻrsatuvlarda mavzularning bir xilligi va ayrim dasturlarning tez-tez takrorlanishini ham muammo sifatida koʻrsatgan.

Tadqiqot media kontent sifatiga nisbatan talab ortib borayotganini ham koʻrsatdi. Soʻrov ishtirokchilarining 27,6 foizi voqealarni chuqurroq tahlil qilishni, 22,5 foizi esa turli nuqtai nazarlarni xolis yoritishni istaydi.

Respondentlarning 46,6 foizi yolgʻon xabarlar tarqalishini zamonaviy OAVning eng dolzarb muammosi deb hisoblaydi. Ishtirokchilarning 77,4 foizi notoʻgʻri axborot tarqatganlik uchun OAV masʼuliyatini kuchaytirish tarafdori ekanini bildirgan.

Telegram ommaboplikda, televideniye esa ishonch borasida yetakchi: Oʻzbekistonda mediaisteʼmol boʻyicha tadqiqot natijalari taqdim etildi

Loyihaning keyingi bosqichida Oʻzbekistonning oltita hududida jurnalistlar, matbuot xizmatlari xodimlari va blogerlar uchun treninglar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Tadqiqot natijalari tahririyatlarga oʻz auditoriyasini chuqurroq anglash, kontent siyosatini takomillashtirish va jamoatchilikning ommaviy axborot vositalariga boʻlgan ishonchini mustahkamlashda muhim yoʻnalish boʻlib xizmat qilishi kutilmoqda.

Abulfayz Sayidasqarov

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid