platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Sud Marat Hamdamovga qamoq chorasi boʻyicha ajrim chiqardi

Tadbirkor bir kun avval protsessual tartibda qoʻlga olingan edi. Uning kompaniyasi qurilishi belgilangan xonadonlarni shartnomada koʻrsatilgan muddatlarda topshirmagani aytilgan. 

Sud Marat Hamdamovga qamoq chorasi boʻyicha ajrim chiqardi

Jinoyat ishlari boʻyicha Mirobod tuman sudi 2 noyabr kuni Imarat Development qurilish loyihasi rahbari Marat Hamdamovga “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllash haqida ajrim chiqardi.

Bu haqda Kun.uz nashri oʻz manbasiga asoslanib xabar berdi.

Marat Hamdamov bir kun avval protsessual tartibda qoʻlga olingan edi.

Mazkur jinoyat ishi 1 noyabr kuni Toshkent shahar IIBB tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 192-11-moddasi (Vakolatini suiisteʼmol qilish) bilan qoʻzgʻatilgan.

“Imarat Development” MChJ qurilishi belgilangan xonadonlarni mijozlarga shartnomada koʻrsatilgan muddatlarda topshirmagani aytilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid