Saudiyada oʻtadigan Osiyo kubogi muddati oʻzgartirildi
Bunga husiylar bilan yuzaga kelgan keskinlik sabab boʻldi.

OFK Saudiya Arabistonidagi mahalliy tashkiliy qoʻmita hamda mamlakat futbol federatsiyasi bilan kelishgan holda 2027 yilgi Osiyo Kubogi sanalari oʻzgarganini eʼlon qildi.
Dastlab 2027 yilning 7 yanvaridan 5 fevraliga qadar rejalashtirilgan musobaqa endi 2027 yil 23 dekabrdan 2028 yil 21 yanvargacha boʻlib oʻtadi.
Muddatning koʻchirilishiga mintaqadagi logistika murakkabliklari va sayohat bilan bogʻliq cheklovlar kabi favqulodda vaziyatlar sabab boʻlgan. Yangi taqvim tasdiqlash uchun FIFAga taqdim etiladi.
Eslatib oʻtamiz, Yamandagi husiylar oktabrda Saudiyaga jiddiy zarbalar berdi.

