platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jahon

Qosim-Joʻmart Toʻqayev “matbuot erkinligi kushandalari” roʻyxatiga kiritildi

“Chegara bilmas muxbirlar” (RSF) xalqaro tashkiloti 2026 yilda jurnalistlar va OAVga bosim oʻtkazgan deb hisoblangan shaxslar hamda tashkilotlar roʻyxatini eʼlon qildi. Unda Donald Tramp, Vladimir Putin, Ilon Mask kabi shaxslar nomi ham bor. 

Qosim-Joʻmart Toʻqayev “matbuot erkinligi kushandalari” roʻyxatiga kiritildi

Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev “matbuot erkinligi kushandalari” roʻyxatiga kiritildi.

“Chegara bilmas muxbirlar” (RSF) xalqaro tashkiloti 2026 yilda jurnalistlar va OAVga bosim oʻtkazgan deb hisoblangan shaxslar hamda tashkilotlar roʻyxatini eʼlon qildi. Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev ham “matbuot erkinligi kushandalari” qatoridan joy oldi.

RSF Toʻqayevni “Huquq” toifasiga kiritgan. Tashkilotga koʻra, ushbu toifaga jurnalistlar va OAVga qarshi asossiz sud jarayonlaridan foydalanib, matbuot faoliyatiga toʻsqinlik qiladi deb hisoblangan shaxs va tuzilmalar kiritiladi.

"Kushandalar" roʻyxatiga AQSh prezidenti Donald Tramp ham kiritilgan, chunki u "AQShda jurnalistikani siyosiy muloqotga aylantirish maqsadida bir nechta jabhalarda hujum qilgan, hozirda jahon matbot erkinligi reytingida 64-oʻrinni egallagan". Shu bilan birga, Rossiya prezidenti Vladimir Putin "oʻz oʻrnini mustahkam ushlab turibdi". Siyosiy roʻyxatga Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko va "Tolibon" yetakchisi Haybatulloh Oxunzoda ham kiritilgan.

Shuningdek, bu yil oʻz oʻrinlarini Isroil mudofaa kuchlari, Meksika kartellari va Xitoy Kommunistik partiyasi kabi tashkilotlar saqlab qolishdi, ular jurnalistlar intilishlarini zoʻravonlik bilan bostirishning noxush amaliyotini davom ettirmoqdalar.

"Binyamin Netanyahu hukumati Isroil mudofaa kuchlari yordamida Gʻazo sektori, Gʻarbiy sohil va hatto Livandagi jurnalistlarga qarshi repressiv siyosat olib bormoqda. Si Szinpin boshchiligidagi Xitoy jurnalistlar uchun dunyodagi eng katta qamoqxona boʻlib qolmoqda. Meksika kartellariga kelsak, ular bu yil har oy jurnalistlar oʻldirgan va “tinch” mamlakatda qoʻrquv muhitini saqlab qolishmoqda", deb tushuntirdi RSF.

Xavfsizlik agentliklari roʻyxatiga Burkina-Fasodagi xunta, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon va Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisi ham kiritilgan. Uning rejimi ostida soʻnggi bir necha hafta ichida Matsdash veb-saytida ishlagan jurnalistlar qamoqqa tashlandi va mashhur Mada Masr yangiliklar sayti yopildi.

Shu bilan birga, iqtisodiy kategoriyada Alphabet va Meta kabi yirik texnologik korporatsiyalar roʻyxatga kiritildi. "Jamiyat" kategoriyasida esa Ilon Mask salbiy reytingga ega boʻldi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid