platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Iqtisod

Oʻzbekiston oltin sotishni kamaytirib, zaxirani oshirmoqda

2026 yil 1 oktabr holatiga koʻra, mamlakat zaxirasida 14,3 million unsiya (446,9 tonna) oltin saqlanmoqda. Mazkur hajm yanvar oyi boshida 12,6 million unsiya (391,9 tonna) edi. Toʻqqiz oy davomida zaxiradagi qimmatbaho metallar hajmi qariyb 55 tonnaga koʻpaygan.

Oʻzbekiston oltin sotishni kamaytirib, zaxirani oshirmoqda

Oʻzbekiston 2026 yil sentabr oyida ham oltin eksport qilmadi.

Markaziy bank yil boshidan beri faqatgina aprel (1,5 mlrd dollarlik) va iyul oylarida (1,3 mlrd dollarlik) qimmatbaho metall sotdi. Qolgan oylarda zavodlardan xarid qilingan oltinlar zaxiraga joylab kelingan. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi eʼlon qilgan maʼlumotlarga aks etadi.

Oʻtgan yillarda qimmatbaho metall sotuvi mamlakat jami eksportining kamida uchdan bir qismini tashkil etgan. Masalan, 2025 yilning toʻqqiz oyida 9,8 mlrd dollarlik oltin sotilgan boʻlib, umumiy eksport tushumlarining 35,9 foizini egallagan. Joriy yil mos davrida esa jami eksportda oltin hajmi 10,8 foizni tashkil etdi.

Soʻnggi vaqtlarda mamlakat oltin eksportini qisqartirishi fonida zaxira hajmi sezilarli oshib bormoqda. 2026 yil 1 oktabr holatiga koʻra, mamlakat zaxirasida 14,3 million unsiya (446,9 tonna) oltin saqlanmoqda. Mazkur hajm yanvar oyi boshida 12,6 million unsiya (391,9 tonna) edi. Toʻqqiz oy davomida zaxiradagi qimmatbaho metallar hajmi qariyb 55 tonnaga koʻpaygan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid