platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Gazlashmagan hududlarda elektr boʻyicha bazaviy meʼyor oshiriladi

 15 noyabrdan aholi uchun suyultirilgan gazning chakana sotish narxi 1 kilogramm uchun 5 000 soʻm (QQS bilan) etib belgilandi. Xarajatlar bilan bu narx oʻrtasidagi farq davlat byudjetidan subsidiya sifatida qoplanadi. 

Gazlashmagan hududlarda elektr boʻyicha bazaviy meʼyor oshiriladi

Gazlashmagan hududlarda elektr energiyasining oylik bazaviy meʼyori oshiriladi.

Hukumatning "Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor tamoyillariga oʻtishda aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish mexanizmlari toʻgʻrisida"gi qarori;

"Aholini suyultirilgan gaz bilan uzluksiz taʼminlashning bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori qabul qilindi.

​Ularga koʻra, aholini energiya bilan taʼminlash va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha quyidagi oʻzgarishlar joriy etilmoqda:

​- 1 noyabrdan tabiiy gaz mavjud boʻlmagan yoki yetkazib berish qiyin hududlarda isitish mavsumida elektr energiyasining oylik bazaviy meʼyori 200 kVt·soatdan 350 kVt·soatga oshirildi;

​- 15 noyabrdan aholi uchun suyultirilgan gazning chakana sotish narxi 1 kilogramm uchun 5 000 soʻm (QQS bilan) etib belgilandi. Xarajatlar bilan bu narx oʻrtasidagi farq davlat byudjetidan subsidiya sifatida qoplanadi;

​- Ehtiyojmand oilalarga xarid qilingan suyultirilgan gazning har kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, oyiga 20 kilogrammgacha kompensatsiya toʻlanadi. Yaʼni, bir oyda 60 ming soʻmgacha yordam beriladi;

​- Mablagʻ ijtimoiy kartaga oʻtkaziladi. Kompensatsiya 2030 yilgacha toʻlab boriladi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid