platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Toshkentning 9 ta tumanida elektr vaqtincha oʻchiriladi

Bunga kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida elektr tarmoqlarida taʼmirlash ishlari sabab qilib koʻrsatilgan. 

Toshkentning 9 ta tumanida elektr vaqtincha oʻchiriladi

Bugun Toshkentning 9 ta tumanida vaqtincha elektr energiyasi oʻchiriladi.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida elektr tarmoqlarida taʼmirlash ishlari olib boriladi.

Shu sababli quyidagi hududlarda elektr taʼminoti belgilangan vaqtlarda toʻxtatiladi:

-Sergeli tumani: "Eski Jaloyir" MFY — 10:00 dan 16:00 gacha;

-Mirzo Ulugʻbek tumani: "Katta Qorasuv" MFY — 10:00 dan 16:00 gacha;

-Shayxontohur tumani: "Koʻh Ota" MFY — 10:00 dan 15:00 gacha;

-Chilonzor tumani: "Tirsakobod" MFY — 10:00 dan 16:00 gacha;

-Olmazor tumani: "Nihol" MFY — 10:00 dan 16:00 gacha;

-Yakkasaroy tumani: "Rakat" MFY — 10:00 dan 16:00 gacha;

-Uchtepa tumani: "Chamanzor" MFY — 10:00 dan 16:00 gacha;

-Bektemir tumani: "Oltintopgan", "Sohil", "Zabdast", "Nurli yoʻl" va "Musaffo" MFYlari — 10:00 dan 16:00 gacha;

-Yunusobod tumani: "Bobodehqon", "Shoʻrtepa", "Sevinch", "Ahilobod", "Qadrdon", "Yurtobod" va "Uvaysiy" MFYlari — 13:00 dan 16:00 gacha.

Taʼmirlash ishlari rejadan oldin tugallanishi ham mumkin.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid