platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Iqtisod

Toshkentdagi xalqaro urugʻchilik kongressida ikki muhim memorandum imzolandi

Urugʻchilik assotsiatsiyasiga aʼzo davlatlarda QR-kodli yorliqlash tizimi joriy etiladi. 

Toshkentdagi xalqaro urugʻchilik kongressida ikki muhim memorandum imzolandi

27–28 oktabr kunlari Toshkentdagi “InterContinental Tashkent” mehmonxonasida Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti urugʻchilik assotsiatsiyasi (ECOSA)ning IX xalqaro urugʻchilik kongressi boʻlib oʻtdi.

Unda ECOSAga aʼzo 10 ta davlat — Oʻzbekiston, Afgʻoniston, Ozarbayjon, Eron, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Pokiston, Tojikiston, Turkiya va Turkmaniston vakillari, xalqaro tashkilotlar, olimlar, tadbirkorlar va investorlar ishtirok etdi.

Toshkentdagi xalqaro urugʻchilik kongressida ikki muhim memorandum imzolandi

​Kongressni Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov ochib berdi. U urugʻchilikning qishloq xoʻjaligidagi strategik ahamiyatini taʼkidlab, yuqori hosildor va sifatli urugʻlik navlarini yaratish, ilm-fan yutuqlarini amaliyotga joriy etish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi.

Toshkentdagi xalqaro urugʻchilik kongressida ikki muhim memorandum imzolandi

Tadbirda EHT Bosh kotibiyati vakili Jan Aygun va ECOSA boshqaruv kengashi raisi Yildiray Genjer ham ishtirok etdi.

​Kongress doirasida aʼzo davlatlarning urugʻchilik sohasidagi tajribasi va rivojlanish istiqbollari taqdim etildi. ISTA vakili Andreas Wais tashkilotning ECOSAga aʼzo davlatlar uchun ahamiyati, OECD vakili Bianchi Pier Giacomo esa urugʻlik sertifikatlash sxemalari haqida maʼruza qildi.

​Oʻzbekiston tajribasini "Oʻzagroinspeksiya" qoshidagi Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi direktori Jahongir Karimov hamda Urugʻchilikni rivojlantirish markazi direktori Shuhrat Otajonov taqdim etdilar.

Toshkentdagi xalqaro urugʻchilik kongressida ikki muhim memorandum imzolandi

Maʼruzalarda urugʻlik sifatini baholash, laboratoriyalar faoliyati, QR-kodli yorliqlash, urugʻlik tayyorlash korxonalari, innovatsion texnologiyalar va xalqaro hamkorlik masalalari yoritildi.

​Kongress doirasida ikkita muhim memorandum imzolandi. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi va ECOSA oʻrtasidagi memorandum aʼzo davlatlarda QR-kodli yorliqlash tizimini joriy etishga, Urugʻchilikni rivojlantirish markazi va ECOSA oʻrtasidagi kelishuv esa gibrid urugʻchilikni rivojlantirish hamda seleksiya yutuqlaridan hamkorlikda foydalanishga qaratildi.

​Tadbirning amaliy qismi doirasida 200 dan ortiq mahalliy urugʻchilik xoʻjaliklari, klasterlar, fermerlar, ilmiy-tadqiqot institutlari, investorlar va xorijiy hamkorlar ishtirokida B2B biznes uchrashuvlari oʻtkazildi.

Toshkentdagi xalqaro urugʻchilik kongressida ikki muhim memorandum imzolandi

Muzokaralarda urugʻlik yetishtirish va qayta ishlash, zamonaviy texnologiyalar, savdo aloqalari, investitsiyalar va qoʻshma loyihalar muhokama qilindi. Uchrashuvlar yakunida mahalliy va xorijiy ishtirokchilar oʻrtasida hamkorlik kelishuvlariga erishildi.

​IX xalqaro ECOSA urugʻchilik kongressi xalqaro tajriba almashish, urugʻlik sifati va raqobatbardoshligini oshirish, yangi biznes aloqalarini yoʻlga qoʻyish hamda Oʻzbekistonning xalqaro urugʻchilik hamjamiyati bilan hamkorligini rivojlantirishga xizmat qildi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid