platina.uz
Tashkent Content Market — 4–5 fevral 2027, tcm.uz
Jamiyat

Prezident Yevropa davlatlarining migratsiya imkoniyatlaridan foydalanilmayotganini tanqid qildi

​Masalan, Buyuk Britaniyada 33 ming ishchi kuchiga ehtiyoj bor. Biroq hozirgacha ushbu mamlakatga asosan qishloq xoʻjaligidagi mavsumiy ishlarga fuqarolar yuborilmoqda. Davlat rahbari bu masalada elchi, hokim va texnikumlarning oʻrni sezilmayotganini qayd etdi. 

Prezident Yevropa davlatlarining migratsiya imkoniyatlaridan foydalanilmayotganini tanqid qildi

​Yevropa Ittifoqi ilk bor Markaziy Osiyodan mutaxassislarni jalb etish masalasini migratsiya strategiyasiga kiritdi. Prezident bu imkoniyatlardan foydalanishda elchi, hokim va texnikumlarning oʻrni sezilmayotganini qayd etdi.

​Masalan, Buyuk Britaniyada 33 ming ishchi kuchiga ehtiyoj bor. Biroq hozirgacha ushbu mamlakatga asosan qishloq xoʻjaligidagi mavsumiy ishlarga fuqarolar yuborilmoqda. Tibbiyot, logistika va sanoat sohalarida ish beruvchilar bilan aniq kelishuvlar yoʻqligi, “Yoshlar mobilligi” dasturida ishtirok etish masalasi hal etilmagani koʻrsatib oʻtildi. Italiya bilan ham mehnat migratsiyasi imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha kelishuv bor, lekin bu imkoniyat ishga solinmayapti.

​Prezidentimiz chet tillarini bilish xorijda yuqori daromadli ish topishning asosiy shartlaridan biri ekaniga eʼtibor qaratdi. Mamlakatimizda ingliz tilini puxta oʻrganib, sertifikat olgan 200 mingga yaqin yosh bor. Shu bilan birga, AQSh, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Shvetsiya va Daniyada ularning ishlashi uchun yoʻl ochish boʻyicha ishlar yetarli emas.

​Germaniyadan joriy yilning oʻzida 45 ming mutaxassisga buyurtma kelib tushgan, ammo atigi 2 ming kishi ishga joylashgan. Asosiy sabab – nemis tilini biladigan kadrlar yetishmasligi. Shu bois, kasbga oʻqitish bilan til tayyorgarligini birga olib borish zarur.

​Germaniyaning “Globogate” kompaniyasi bilan hamkorlikda respublikadagi 20 ta tibbiyot texnikumida yiliga 1,5 ming hamshira tayyorlanmoqda. Qarshidagi Ilgʻor kasbiy mahorat texnikumida germaniyalik oʻqituvchilar yoshlarga nemis tili va kasb oʻrgatmoqda.

​Prezidentimiz xorijlik ish beruvchilarning buyurtmalarini texnikumlardagi taʼlim bilan bogʻlash, yoshlarni ishga joylashish uchun zarur til va amaliy koʻnikmalarga maqsadli tayyorlash muhimligini taʼkidladi.

​Andijonda tadbirkor boʻsh turgan texnikumni taʼmirlab, Germaniyadan oʻqituvchi jalb qilgan holda yiliga 1,5 ming mutaxassis tayyorlayapti. Prezidentimiz bunday tajribani boshqa hududlarda ham kengaytirish, har bir viloyatdagi 2-3 ta texnikumda kasb bilan birga nemis tilini oʻrgatish zarurligini taʼkidladi.

​Germaniyaning “Telk” kompaniyasi “Intil” xalqaro oʻquv markazida 100 nafar nemis tili oʻqituvchisini tayyorlashni boshladi. Kelasi yil boshidan ularni hududlardagi texnikumlarga jalb qilish vazifasi qoʻyildi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid